Asar bu har bir kitobxon uchun - qo‘llanma! Unda YAShASh SIRI aytiladi. Asarda voqealar rivoji asosiy planda qo‘yilmaydi. Markaziy obraz orqali yozuvchining insoniyatga yetkazmoqchi bo‘lgan tavsiyalari, yo‘l -yo‘riqlari izohlab, tushuntirib beriladi. Yozuvchi asar syujetini bitta ipga teradi. Ya‘ni obrazlarning taqdiri bir -biriga bog‘langan holda davom ettiriladi. Boy savdogar Patrosning hayot yo'li - Xafidning hayot yo'li - Pavelning hayot yo'li (Garchi Pavelning hayot yo'li Xafidning oldiga kelgunicha yaratilgani aytilsa-da, uning keyingi taqdiri kitobchionga ma'lum bo'ladi!) keyingi voqealik uchun bittada luqma tashlab ketadi. Buni asarni ikkinchi marotaba o‘qigan odam ko‘proq his qilib, tushunadi. Asardagi qahramonlarni birlashtirib, hayot yo‘lini o‘xshashligiga sabab: “Dunyoning eng buyuk savdogari” maqomi va “Nomalar” dir!