Bismillahirrohmanirrohiym ushbu fazilatliy kunlarda sizga Fozil qorining yangi proectini taqdim etamiz
Fozil qori Yosin qori o’g’li
AYLAMA
Gửi tanamda jon omonat muhtoji yoron aylama,
Soch-soqol oqarganda yori jonon aylama.
Harna kelsa boshima taqdirda bitgansan O’zing,
El aro xor aylabon dunyoni zindon aylama.
Erta-kech so’rgim o’zingdan elu yurt tinchligini,
Tinch vatan - oydin vatan, hargiz zimiston aylama.
Kimda insof bo’lmasa, hargiz adolat qilmagay,
Bu kabi insonlarni elga sulton aylama.
Kim elim, yurtim, debon qalbdan yonar,
Maqsadin porloq etib hargiz shabiston aylama.
Kimki marhumalarni eslab ruhini shod aylagay,
Omadu baxtin berib, hargiz parishon aylama.
Qodiro, mở rộng qalblari Senga ayon,
San buzuq qalblarga cũng hojat imkon aylama.
Kimda bo’lsa pok niyat, yetuk ani maqsadiga,
Yaxshi niyat yaxshi insonlarni sarson aylama.
Fozilo, hukmi Xudodin o’zgasi bo’lmas aniq.
Dilni sof qilgum hamisha, dilni vayron aylama.
YODINGDA TUT
Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Hình ảnh Barchamiz keldik hayotga Tophirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.
Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.
Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.
Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.
Ol qo’lingga san irodangni Foziljon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.
O’RGANING
Keldi bir qutlug ’zamon, ahli islom, o’rganing,
Bilmayin qilgan gunohga tavbalarni o’rganing,
Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.
Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.
Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.
Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik jsajdaga bosh, endi namozni o’rganing.