"Mabdayi-nur" asari haqida ilk mulohaza yuritgan adabiyotshunos M. Zokirov shunday fikrlarni bayon qiladi: "Mabdayi nur" asosan Jaloliddin Rumiyning "Masnaviy" si ta’sirida yozilgan. "Mabdayi nur" quyidagi tartibda bitilgan: asarning boshlanish qismida Jaloliddin Rumiyning "Masnaviy" sidan ilk bayt olingan và shu ilk bayt sharhi sifatida kirish qismi yozilgan. Bundan keyin shu "Masnaviy" dan turli baytlarni saylab olib har bir qismning boshlanmasiga bitilib, undan keyin Mashrabning o'zi shu baytlarning sharhi sifatida turli diniy-afsonaviy, axloqiy hikoyatlarni bergan. "Mabdayi nur" 176 ta diniy, afsonaviy, axloqiy hikoyatlardan, 30 ta'limiy parcha, 35 ta g'azal, 2 ta o'zbekcha, 1 ta arabcha mustazoddan iborat. " Mazkur, masnaviy usulida bitilgan "Mabdayi nur" o'z xarakteri bilan Sa'diyning "Bo'ston", Alisher Navoiyning "Hayratul-abror" laridagidek falsafiy-axloqiy yo'nalish mazmunida. "Mabdayi nur" Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" asaridagi mashhur:
Bishnav az nay chun hikoyat mekunad, Va az judoyiho shikoyat mekunad
misrali baytini erkin tarjima sharhiy bayonini berishdan boshlaydi.
Kitob sizga manzur keladi degan umiddamiz.